O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish bo‘yicha China CAMC Engineering kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi. Zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish uchun Xitoydan ekspert guruh yuboriladi. O‘zbekiston chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi olishni maqsad qilgan.
SSV Xitoyning Henan Costar Group kompaniyasi bilan tez tibbiy yordam elektromobillari xarid qilish va ularni modifikatsiyalash zavodini qurish bo‘yicha 150 mln dollarlik shartnoma imzoladi. China CAMC Engineering poliklinikalar qurishi mumkin, Snibe Diagnostic esa diagnostika uskunalari bilan ta’minlaydi.
Xitoyning CAMCE kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalar portfelini gidrotexnik inshootlar qurish bilan kengaytirmoqchi. China Energy infratuzilmani modernizatsiya qilishda qatnashishi, State Grid esa yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini qurishi mumkin. Mirziyoyev ushbu kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting